«bolaning kaltaklanishi» tegli maqolalar


Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan tarbiyachi ishdan olindi
12 fevral 2024, 11:36

Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan tarbiyachi ishdan olindi

Chirchiq shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi tushlik paytida uxlay olmay yig‘layotgan bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ydi. Bolalar ombudsmani voqeaga tarbiyachining oilaviy sabablarga ko‘ra asabiy holatda bo‘lganini va u ishdan olinganini bildirdi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Xorazmda ota 14 yoshli o‘g‘lini ayovsiz kaltakladi
9 yanvar 2024, 11:17

Xorazmda ota 14 yoshli o‘g‘lini ayovsiz kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda otasi urgan bolaning yuzi va boshida ko‘karish hamda chandiqlar borligi aks etgan video tarqaldi. IIV voqea Urganch shahrida bo‘lganini va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi.

Xorazmdagi bog‘chada bolalarni tayoq bilan urib, tepib mashg‘ulot o‘tgan tarbiyachilar ishdan olindi
15 dekabr 2023, 18:09

Xorazmdagi bog‘chada bolalarni tayoq bilan urib, tepib mashg‘ulot o‘tgan tarbiyachilar ishdan olindi

Tarmoqlarda Urganchdagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni tepib, tayoq bilan urgan holda mashg‘ulot o‘tgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga ko‘ra, voqea ortidan 2 xodim ishdan olindi.

Toshkent viloyatida 4 yoshli bolani urib dars o‘tgan pedagog ishdan olindi
6 dekabr 2023, 11:00

Toshkent viloyatida 4 yoshli bolani urib dars o‘tgan pedagog ishdan olindi

Tarmoqlarda pedagog 4 yoshli bolani urib, mashg‘ulot o‘tayotgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga oldi va pedagogning ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

Kasalxonada bolasini kaltaklagan ona ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
23 sentabr 2022, 22:36

Kasalxonada bolasini kaltaklagan ona ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi kasalxonada yosh bolasini kaltaklagan ayol sud tomonidan 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda u stress holatida bo‘lgani va qilgan ishidan pushaymonligini aytdi. Qaynona esa kelinini onalik huquqidan mahrum qilishni so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting